Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini “Santyago Bernabeu”da yakunlash istagini bildirdi.
Shu bilan birga, germaniyalik yarim himoyachi qachon bunday qarorga kelishini aniq bilmaydi. Eslatib o'tamiz, mavsum yakunida futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi tugaydi.
"Faoliyatimni albatta "Real"da yakunlayman. Muammo shundaki, men bu qachon sodir bo'lishini bilmayman. Men hali ham bu haqda o'ylayman. Bunga ko'p oylar kerak bo'lmaydi, lekin hozircha men bir qarorga kelganim yo'q», - dedi Kroos.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Kroos ushbu mavsum yakunida professional faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Madridning “Real” klubi 33 yoshli yarim himoyachini jamoada olib qolmoqchi.