«Manchester Siti»dan ijaraga olingan «Bavariya» himoyachisi Joau Kanselu «Real»ga o'tmagani haqida gapirdi.
Mish-mishlarga ko'ra, yanvar oyida futbolchi «Real»ga o'tishi mumkin edi, ammo tomonlar kelishuvga erisha olishmadi.
«Yanvar oyida «Real»dan hech qanday taklif olmadim. Bunday mish-mishlar qaerdan paydo bo'lganini bilmayman.
Lekin «Real»dek klub bilan bog'lanish va keyinchalik u erda to'p tepish har doim yoqimli. Biroq hozir hamma narsani to'g'ri qilyapman», dedi futbolchi.
Joau Kanselu mavsum oxirigacha ijaraga olingan.