«Real» hujumchisi Rodrigo Madrid klubi bilan shartnoma imzolashdan oldin «Barselona»ga o'tishga yaqin ekanligini aytdi.
«Bolaligimda ikkita futbolkam bor edi, bittasi «Barsa» va bittasi «Real Madrid»niki bo'lgan va men tanlashim kerak edi. Biroq, bu tanlov menga juda oson bo'lgan.
O'shanda men «Barselona» bilan shartnoma bo'yicha kelishib olgandim, «Real» ham men uchun kurashganini kutmagandim.
Bunday qaror qabul qilish qo'rqinchli edi, lekin keyin bu hayotimdagi eng baxtli lahzalardan biri ekanligini angladim», - dedi Rodrigo.
21 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum «Real» safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.