Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroosga gastroenterit(me'da va ingichka ichak shilliq qavatining yallig'lanishi) tashxisi qo'yildi. Jurnalist Xose Luis Sanchesning yozishicha, nemis futbolchisi shu sababdan bugun Karlo Anchelotti jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmagan.
Shu tariqa, Kroos ertaga La Liga doirasida "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadigan "Elche"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Yarim himoyachi qachon safga qayto tiklash shartlari hozircha nomalum.
Eslatib o'tamiz, mavsum oxirida Kroos erkin agentga aylanishi mumkin, chunki uning "qirollik klubi" bilan shartnomasi tugaydi.