"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo "Santyago Bernabeu"da beshinchi mavsumini o'tkazayotgan "Real" yarim himoyachisi Vinisius Junior haqida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Vinisius - aql bovar qilmaydigan o'yinchi, men uni juda yaxshi ko'raman. Unga qarshi himoyalanish juda qiyin, ammo Superkubok uchun so'nggi o'yinda biz u bilan kurasha olganimizdan xursandman", - deya Arauxoning so'zlaridan iqtibos keltiradi Barca Universal.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatida "Barselona" va "Real Madrid" o'rtasidagi farq 11 ochkoni tashkil etadi.