"PSJ" markaziy himoyachisi Serxio Ramos 2021 yilning yozida yangi jamoaga moslashish qiyin bo'lganini aytdi.
"Real Madrid"ni tark etganimdan keyin hayotimdagi hamma narsa juda o'zgardi. "PSJ"ga o'tganimdan keyin hammasi oson yo'lga tushib ketmadi: ko'p jarohatlar oldim va yangi jamoaga moslasha olmadim. Bir paytlar "PSJ"ga o'tish orqali to'g'ri ish qilganimga shubha qilgandim", - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi Diario AS.