"PSJ" markaziy himoyachisi Serxio Ramos "Bavariya"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvidan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bavariya" haqida eshitganimda, 2014 yilgi Chempionlar ligasi yarim finalidagi dublimni eslayman. Albatta, biz ular hozir duch kelishimiz mumkin bo'lgan eng yaxshi jamoalardan biri ekanligini tushunamiz. Bu biz uchun katta sinov", - deya Ramosning so'zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, Ramos "Real Madrid" tarkibida 2014 yilda "Alyans Arena"dagi javob yarim finalida "Bavariya"ga qarshi o'yinda dubl qayd etgandi.