"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl ushbu mavsumdagi maqsadlari haqida gapirib o'tdi.
"Mavsum juda yaxshi boshlandi, biz 2 ta sovrin yutib oldik. Ammo mavsum hali yakuniga yetmadi. "Real" o'zi qatnashgan barcha turnirlarda zafar quchmoqchi. Har bir "Real" uchun kiritilgan gol muhim, lekin men finalda gol kiritishni xohlayman. Biz Chempionlar Ligasini ketma-ket 3 marta yutishni xohlaymiz. Bu har bir jamoa uchun ajoyib motivatsiya, xoh men uchun, xoh boshqa futbolchi. Xa, Uels terma jamoasi Rossiyaga borishi qiyin masala. Lekin men Uelsni jahon chempionatiga olib chiqish uchun kurashaman", - deydi futbolchi.