«Real» Marokashdan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan holda qaytdi. Endi esa madridliklarni yanada qiyin va mavsumdagi sovrinlar uchun kurashga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan o'yinlar kutib turibdi.
1. 18 fevral: «Osasuna»ga qarshi o'yin (La Liga) – «Barselona» bilan oradagi farqni qisqartirish lozim. Kataloniyaliklar ayni paytda "Madrid"dan 11 ochkoga ilgarilab ketishdi.
2. 21 fevral: "Liverpul"ga qarshi bahs (EChL, nimchorak final, dastlabki o'yin) - "Real" o'z sovrinini himoya qilish uchun turnirning bahorgi qismini boshlaydi.
3. 25 fevral: «Atletiko Madrid» bilan derbi (La Liga) – «Barsa»dan ortda qolib ketmaslik uchun jiddiy kurash.
4. 2 mart: «Barselona»ga qarshi "klasiko" (Ispaniya kubogi, yarim final, dastlabki o'yin) — "Real" Ispaniya kubogini qo'lga kiritmaganiga ancha yillar bo'lib ketdi. Mavsumni sovrinsiz yakunlamaslik uchun kurashish kerak bo'lgan jiddiy to'qnashuv.