Ispaniya chempionatining 21-turidan o'rin olgan o'yinda "Barselona" Pedrining goli evaziga "Vilyarreal"ni mag'lub etdi.
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uning fikricha, "Real"dan 11 ochkolik ustunlikka qaramay, chempionlik haqida gapirishga hali erta.
"Oldinda hali o'n etti uchrashuv bor va bu katta raqam. Albatta, biz juda yaxshi seriyani boshdan kechirmoqdamiz, garchi yaxshilanishi mumkin bo'lgan narsalar mavjud bo'lsa-da, lekin menga jamoaning o'ynashi, biz o'zaro munosabatimiz yoqadi, bu yaxshi belgidir", - dedi Xavi klub matbuot xizmatiga.