«Bavariya» «Real»ning qiziqishlari tufayli vinger Kingsli Komanning narxini oshirdi, deb xabar beradi Calciomercato. Nemis klubi futbolchi uchun 100 million evro so'ramoqda.
Qayd etilishicha, «Bavariya» o'z navbatida futbolchi bilan xayrlashishga shoshilmayapti va uni jiddiy taklif bilan qo'yib yuborishga tayyor.
Frantsiyalik vinger joriy mavsum «Bavariya» safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 60 million evroni tashkil qiladi.