Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozonganidan so'ng, yaqin orada Madrid klubini tark etish niyatida emasligini aytdi.
"Ular meni haydab yuborishmaguncha, men bu erdan ketmayman", - deya Anchelottidan iqtibos keltiradi Marca.
Avvalroq, 63 yoshli mutaxassis Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'lishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Braziliya futbol konfederatsiyasi uning tayinlanishi haqidagi ma'lumotni rad etdi.