«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Federiko Valverdening o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Futbolchi klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida «Al-Hilol»ga qarshi o'yinda (5:3) dubl qayd etdi. Bu uning mavsumdagi mos ravishda 10 va 11-gollari bo'ldi.
«Fededan o'ninchi goli uchun juda minnatdorman. Endi men murabbiylik litsenziyamni tashlab yuborishim shart emas», - deya Anchelottining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ispan OAV.
Madridning «Real» klubi o'z tarixida beshinchi marta klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozondi, bu rekord.
Madridliklar bungacha 2014, 2016, 2017 va 2018 yillarda g'alaba qozongan.