Kecha, 11 fevral kuni klublar o'rtasidagi jahon chempionati final uchrashuvi yakuniga etdi, unda Madridning «Real» klubi Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasi bilan to'qnash keldi.
Jamoalar Rabotdagi (Marokash) «Shahzoda Mulla Abdulla Arena»da maydonga tushishdi. Uchrashuvni Entoni Teylor boshchiligidagi angliyalik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
Madridliklar 5:3 hisobida raqibidan ustun keldi. Karlo Anchelotti shogirdlari ushbu turnirda 5 marta g'alaba qozonishdi.
Karim Benzema uchun bu sovrin madridliklar jamoasida qo'lga kiritilgan 25-yutuq bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha 35 yoshli frantsiyalik futbolchi «Real»ning sobiq himoyachisi Marseloni ortda qoldirdi. «Real Madrid» tarixida hech bir futbolchi jamoa bilan buncha ko'p sovrin yutmagan.