Madridning «Real» klubi «PSJ»ning hujumchi Vinisius Juniorni sotib olish borasidagi taklifini rad etdi, deb xabar beradi Ispaniyaning El Nacional nashri.
Manbaga ko'ra, parijliklar braziliyalik futbolchi uchun 135 million evrodan ko'proq pul taklif qilgan, biroq Madrid klubi prezidenti Florentino Peres darhol «yo'q» javobini bergan.
Junior 2018 yildan beri «Real»da to'p tepadi. Shartnoma 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda 22 yoshli hujumchi jamoa safida barcha turnirlar doirasida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.