“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida “Al-Hilol”ga (5:3) qarshi o'yinda ishtirok etdi.
33 yoshli nemis tarixda bu sovrinni 6 marta qo'lga kiritgan birinchi futbolchi hisoblanadi. Shu bilan birga Kroos o'z rekordini yangiladi.
Avvalroq, Madrid klubi tarkibida yarim himoyachi 2018, 2017, 2016 va 2014 yillarda, 2013 yilda esa “Bavariya” bilan birgalikda Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan.