"Real Madrid" vingeri Vinisius Junior o'zining shaxsiy mukofotlari to'plamini to'ldirdi.
22 yoshli futbolchi klublar o'rtasidagi jahon chempionatining final uchrashuvida "qaymoqranglilar" "Al-Hilol"ni 5:3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan o'yinda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim finalning “Al-Ahli”ga qarshi uchrashuvida (4:1) braziliyalik futbolchi bitta gol urgan edi.
Hal qiluvchi o'yindan so'ng darhol Vinisiusga klublar o'rtasidagi jahon chempionatining "Oltin to'pi" topshirildi. Bu turnirning eng yaxshi o'yinchisiga beriladigan sovrindir.
Musobaqaning eng yaxshi to'purari Braziliyaning "Flamengo" jamoasi vakili Pedro bo'ldi. U to'rtta gol urdi.