Karlo Anchelotti murabbiylik faoliyatidagi 25-kubogini qo'lga kiritdi.
Italiyalik mutaxassis boshchiligidagi “Real” “Al-Hilol”ni 5:3 hisobida mag'lub etib, klublar o'rtasidagi jahon chempioniga aylandi.
Bu murabbiyning "Real Madrid" bilan qo'lga kiritgan 9-sovrini bo'ldi.
Ilgari Anchelotti “Milan” bilan 8 ta, “Chelsi” va “Bavariya” bilan 3 tadan, “Yuventus” va "PSJ" bilan bittadan chempion bo'lgan edi.