"Chelsi" va Meyson Maunt o'rtasidagi yangi shartnoma borasidagi muzokaralar hozircha muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
24 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida tugaydi, mish-mishlarga ko'ra, "Chelsi" yarim himoyachiga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilgan. Jurnalist Mayk MakGratning so'zlariga ko'ra, so'nggi paytlarda londonliklar rahbariyati bu masalada optimizmni yo'qotgan.
Meyson Maunt joriy mavsumdagi barcha musobaqalarda “Chelsi” safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatma va 3 ta gol urdi.