"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn Angliya Premer-ligasida o'ynashni davom ettirish niyatida.
Football Insider xabariga ko'ra, yaqinda "shporlar"ning barcha vaqtlaridagi eng yaxshi to'purariga aylangan 29 yoshli futbolchi "Bavariya" va "Real"ga o'tishi mumkin, ammo u Angliyani tark etish niyatida emas. Hujumchi o'z uyida o'ynashni davom ettirish niyatida va agar "Tottenxem"ni tark etsa, Premer-liganing boshqa klubiga o'tishni afzal ko'radi.
APL vakillari orasida Xarri Keynga asosiy da'vogar "Manchester Yunayted" hisoblanadi. Avvalroq OAVda "Tottenxem" o'z yulduzini chempionatdagi raqiblariga sotish niyatida emasligi haqida xabarlar tarqalgandi.