"Liverpul" yarim himoyachisi Luis Dias tiklanish vaqti haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Eslatib o'tamiz, 26 yoshli vinger jarohatidan so'ng bir necha oy davomida maydonga tushmayapti.
"Ko'ramiz, qachon jarohatdan forig' bo'laman. Chempionlar ligasida "Real"ga qarshi javob o'yinida maydonga qaytish menda muammo yo'q", - dedi kolumbiyalik futbolchi Liverpool Echo bilan suhbatda.
Dias bir yil avval “Portu”dan 42 million evro evaziga “Liverpul”ga o'tgan edi. Futbolchi Yurgen Klopp jamoasi bilan Liga kubogi va Angliya kubogini qo'lga kiritishga, shuningdek, Angliya Premer-ligasi va Chempionlar ligasida kumush medallarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan.