Braziliyalik sobiq futbolchi Duglas Maykon «Oltin to'p»ni kim oladi, degan savolga javob berdi.
«Oltin to'p»ni kim birinchi bo'lib oladi, Vinisius yoki Rodrigo? Messi! Messi faoliyatini yakunlagach, balki Vini g'alaba qozonishi mumkin.
Lekin hozir faqat Messi. U zo'r!», — dedi Maykon.
35 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum «PSJ» safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Messi Argentina terma jamoasi bilan birgalikda 2022 yilda jahon chempioni bo'lgandi. Argentina terma jamoasi sardori Qatardagi turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.