"Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Ispaniya terma jamoasidagi sobiq sherigi, yaqin vaqtgacha kataloniyalik "Barselona"ning markaziy himoyachisi bo'lgan Jerar Pikening tok-shousida qatnashdi.
Tok-shouda Jerar shunday dedi: "Pepe yiqildi va "Elche" darvozasi tomoni belgilangan vaziyat "Real" uchun juda sharmandalik edi".
Kasilyas chetda turmay javob berdi: "Xo'sh, 2009 yilgi "Barselona" - "Chelsi" o'yini qanday sharmandalik edi?" - deb javob berdi.
Eslatib o'tamiz, 2008/09 yilgi mavsumda "Chelsi" va "Barselona" o'rtasidagi Chempionlar ligasining javob yarim finalida uchrashuv bosh hakami Tom Xenning Evrebe "ko'k-anorranglilar" darvozasiga bir nechta yaqqol penalti belgilamagan edi.