Belgiyalik hujumkor yarim himoyachi Sharl de Ketelare "Milan"da hamon muammoga duch kelmoqda, ammo uning boshqa ish imkoniyatlari bor. Defenca Central xabariga ko'ra, unga "Real" qiziqish bildirmoqda.
U erda de Ketelare klubni tark etishi mumkin bo'lgan Marko Asensioning o'rniga nomzod sifatida ko'rilmoqda. Madrid klubida kadrlar ishining tegishli jihatlariga mas'ul bo'lgan Juni Kalafatning ro'yxatidagi mumkin bo'lgan transferlardan biri de Ketelare.
Avvalroq, de Ketelare Belgiyaning "Bryugge" klubida o'ynaganini eslaymiz, "Milan" uni o'tgan yozda 32 million evro evaziga sotib olgandi.