"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klublar o'rtasidagi jahon chempionati finali arafasida jamoa yarim himoyachilarining formasi haqida gapirdi.
"Bizga Sebalosning so'nggi uchrashuvlarda ko'rsatayotgan o'yini juda yoqdi. Biroq, endi biz boshqa yarim himoyachilarga, masalan, jarohatidan to'liq forig' bo'lgan Aurelien Tchuameniga umid qilishimiz mumkin", - deya bosh murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ispan OAVlari.
Dani Sebalos joriy mavsumda “Real” safida 22 ta o'yinda maydonga tushdi. 26 yoshli yarim himoyachi bitta gol urgan va beshta golli uzatmaga mualliflik qilgan.