Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishga tayyorligi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.
"Real" bilan 2024 yilgacha shartnomam bor. Gap nima haqida ketayotganini bilmayman. Men buni eshitmadim", - dedi mutaxassis matbuot anjumanida.
Ma'lum bo'lishicha, 63 yoshli murabbiy 2023 yilning yozida Madrid klubini tark etishi va 2026 yilda Amerikada bo'lib o'tadigan jahon chempionati yakuniga qadar Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan shartnoma imzolashi haqida xabar qilingan edi.