Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
ESPN Brasil nashrining yozishicha, "Real" bosh murabbiyi Braziliya futbol federatsiyasiga terma jamoa bilan ishlashga rozi bo'lgan.
Tomonlar uch yillik shartnoma tafsilotlarini muhokama qilishmoqda. U 2023 yilning iyul oyidan kuchga kirishi va jahon chempionati o'tkaziladigan 2026 yilning avgustigacha amal qilishi kutilmoqda.
Anchelotti hozircha hech qanday hujjat imzolamagan, faqat kelishib olgan. Tomonlar kelishuvni oshkora e'lon qilmaydi, chunki italiyalik futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi bor.
"Real"ning braziliyalik futbolchilari Vinisius Junior, Rodrigo Goes va Eder Militao vaziyatdan xabardor. Ular Anchelottining klubdan ketayotganidan afsusdalar, lekin uning terma jamoaga kelganidan xursandlar.