"Real" yarim himoyachisi Aurelien Tchuameni "qirollik klubi"dagi bosim darajasi haqida gapirdi.
Frantsiyalik futbolchi mavsum boshlanishidan oldin "Monako"dan 80 million evro evaziga “Santyago Bernabeu”ga ko'chib o'tgan edi.
"Men "Real"da futbolchilarga katta bosim borligini bilardim. Bu katta klub, dunyodagi eng yaxshi klub. Bu erga ko'chib o'tganimda hamma narsani o'ylab ko'rdim" - dedi Tchuameni "Al-Hilol" bilan klublar o'rtasidagi jahon chempionati finali oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Tchuameni "Real"dagi debyut mavsumida Ispaniya chempionatida ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi Frantsiya terma jamoasi tarkibida jahon chempionatining kumush medali sohibiga aylandi.