Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jordi Alba La Ligadagi chempionlik poygasida haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, yakunlanishiga 18 tur qolganda "ko'k-anorranglilar" "Real"ni 8 ochkoga ortda qoldirmoqda.
"La Liga chempionligi poygasi "Barselona"ning qo'lida, ammo "Real" bizga oxirigacha bosim o'tkazadi, shuning uchun bu qiyin bo'ladi. Farq juda katta, ammo biz bo'shashmasligimiz kerak", - dedi Alba Marca bilan suhbatda.
Alba joriy mavsum Ispaniya chempionatida 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining "Barselona" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.