"Lion" yarim himoyachisi Rayan Sherki "Real"da o'ynashni orzu qilishini tan oldi. So'nggi paytlarda Zinedin Zidan "Santyago Bernabeu" murabbiylikka qaytsa, 19 yoshli yarim himoyachini "qirollik klubi"ga taklif qilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.
"Hamma biladi, mening orzum "Real"da o'ynash. Bu sayyoradagi eng buyuk klub. Men bir kun kelib orzum ro'yobga chiqishi uchun hamma narsani qilaman", - dedi Sherki Marca bilan suhbatda.
Qishda 19 yoshli Sherkini Frantsiya chempionati peshqadami "PSJ" qo'lga kiritishga urindi, biroq "Lion" futbolchini sotishdan bosh tortdi.