"Liverpul" vingeri Luis Dias mart oyida jarohatidan so'ng maydonga qaytishni rejalashtirmoqda.
26 yoshli kolumbiyalik futbolchi maydonda shug'ullanmoqda va 15 mart kuni Chempionlar ligasi doirasida “Real”ga qarshi javob o'yinida tiklanishiga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, dekabr oyi o'rtalarida oktyabr oyida tizzasidan olgan jarohati qaytalangan edi.
Dias joriy mavsumda 11 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.