"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos "Qirollik klubi"dan yangi shartnoma bo'yicha qarorni kechiktirishni so'radi. Nemis o'z tanlovini mavsum yakunlanadigan iyun oyida amalga oshirishni kutmoqda. Bu haqda jurnalist Tomas Gonsales xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Kroos mavsum yakunida professional faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Toni "Real"da o'ynashda davom etishi yoki faoliyatini yakunlashi mumkin.
Kroos bu mavsumda APLda 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi 2014/15 yilgi mavsumdan beri Karlo Anchelotti safida.