"Real Madrid" klublar o'rtasidagi jahon chempionati finaliga yo'l olganidan xabaringiz bor. “Qaymoqranglilar” yarim finalda Misrning “Al-Ahli” jamoasini mag'lub etdi (4:1). Ispaniyaliklarning barcha gollarini klub akademiyasidan o'tgan futbolchilar kiritdi: Vinisius, Rodrigo va Fede Valverde ikkinchi jamoada o'yin o'tkazgan, Serxio Arribas esa "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi edi.
Serxioning goli eng qizig'I bo'ldi. Karlo Anchelotti 21 yoshli ispaniyalikni 90+8-daqiqada maydonga tushirdi. U 28 soniya o'tib gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Arribas uchun bu "Real Madrid" libosidagi birinchi gol bo'ldi. Va Klublar o'rtasidagi JChning zaxiradan tushganidan keyin tarixdagi eng tezkor goli muallifiga ham aylandi. Kechagacha rekord 2017 yilda “Al-Jazira” darvozasini ishg'ol qilish uchun 47 soniya vaqt sarflagan Garet Beylga tegishli edi.
Serxio Arribasning o'zi ham hissiyotlarini yashirib o'tirmadi:
"Men barcha futbolchilardan mening formamga imzo chekishlarini so'radim, men juda xursandman va har kuni menga yordam bergan barchaga rahmat aytmoqchiman. Jamoadoshlarimga, tibbiyot xodimlariga, murabbiylarga”.
Serxio Arribas o'zi kim?
Serxio Arribas - oldingi chiziq o'yinchisi, maydonda u doimo hujum va yarim himoya o'rtasida, qanotga biroz yaqin o'ynaydi va hujumni rivojlantirishga yordam beradi. Qaydnomaga ko'ra, u vinger pozitsiyasiga kiradi. Bo'yi 174 sm, chaqqon, chap oyog'i bilan o'ynaydi. Uni ko'pincha Isko bilan solishtirishadi, lekin kimgadir u ko'proq Bernardu Silvaga o'xshaydi. Serxio ijod uchun ko'proq mas'uliyatli, lekin u golni his qilish qobiliyatiga ham ega.
Arribas o'z avlodidagi “qaymoqranglilar” akademiyaning asosiy iste'dodi sanaladi. U 11 yoshida klubga qo'shildi, barcha yoshdagi jamoalardan o'tdi va asosiy tarkibga ham kira boshladi.
Serxio 2019/2020 yilgi mavsumda UEFA Yoshlar ligasi kubogini qo'lga kiritgan. Keyingi mavsumda u "Kastilya"ga o'tdi va asosiy jamoada hatto Zinedin Zidan davrida ham o'zini ko'rsta boshladi. Biroq klubga Karlo Anchelotti kelishi bilan o'yin vaqti deyarli nolga qisqardi, Serxio faqat ikkinchi jamoa uchun o'ynadi.
Birinchi jamoaga o'tish juda tez sodir bo'ladigandek tuyuldi. Serxio chempionatdagi tanaffus vaqtida asosiy tarkib bilan mashg'ulotlarni boshladi. Ammo, Ispaniyaning Relevo nashri xabariga ko'ra, murabbiylar shtabi futbolchidan unchalik hayratga tushmagan.
2022/2023 yilgi mavsumda Arribas Ispaniya chempionati uchinchi divizionida eng yaxshi to'purarlar va assistentlar qatoridan joy oldi. 22 uchrashuvda 9+7 natija qayd etib, jamoasini Segundaga olib chiqishga harakat qilmoqda.
"Kastilya" bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Raul futbolchi haqida iliq so'zlarni gapirdi:
"Umid qilamanki, Serxio Arribas "Real Madrid" asosiy jamoasining bir qismi bo'ladi. U juda iqtidorli o'yinchi, u o'zgarishlarni amalga oshiradi".
Serxio allaqachon La Ligada o'ynashi mumkin edi: yozda uni "Xetafe", "Rayo Valekano" va "Jirona" transfer qilmoqchi bo'ldi. "Real Madrid" barcha takliflarni rad etdi va Arribasning yana bir mavsum uchinchi divizionda qolishini ma'qul deb qaror qildi. Keyingi yozda, ommaviy axborot vositalarida tarqalgan mish-mishlarga ko'ra, u asosiy jamoaga o'tkaziladi. Agar Arribas qolsa, u albatta hujumda raqobatni kuchaytiradi.