Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Kingsli Koman faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Rudi Galetti xabariga ko'ra, "qirollik klubi" shu yil yozida klubni tark etishi kutilayotgan Marko Asensio o'rniga aynan Komanni olib kelmoqchi.
26 yoshli frantsuzning "Bavariya" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uni 60 million evroga baholamoqda.
Koman joriy mavsum 19 ta o'yinda 3 ta gol urib, 5 ta golli uzatma berdi.