Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior irqchilik haqida gapirdi. Avvalroq Vini bannerlarga qo'g'irchoqni osib qo'ygan «Atletiko» muxlislarining tajovuzkorligi qurboni bo'lgan va bu braziliyalikka yoqmagan.
«Odamlar irqchilik uchun jazolanishi kerak. Aks holda, biz eski kunlardagi holatga qaytamiz. Biz bunga ruxsat bera olmaymiz.
Biroq, ular hech narsa qilmasa ham, biz o'zimiznikilar uchun kurashishda davom etishimiz kerak», - deb yozgan Vinisius.
Eslatib o'tamiz, braziliyalikning ushbu posti «Ulm»ning qora tanli basketbolchilaridan biriga nisbatan tajovuzkorona munosabatga javoban yozilgan.