La Liga prezidenti Xaver Tebas bugun Superliga qayta boshlanganini e'lon qilgan "Real" va "Barselona" jamoalari bilan kurashni boshladi.
Vozpopuli nashri xabariga ko'ra, bu klublar translyatsiya huquqini sotish bo'yicha keyingi muhokamalardan chetlashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Real" hozirda Ispaniya chempionatida dastlabki ikki o'rinni egallab turishibdi. “Ko'k-anorranglilar” chempionlik uchun kurashda “Qirollik klubi”dan 8 ochko oldinda.
Avvalroq Tebas kelajakda Chempionlar ligasi o'rnini bosishi kerak bo'lgan Superliga loyihasining qayta boshlanishiga ochiqchasiga qarshi chiqqandi. "Barselona" ayni damda moliyaviy muammoga duch kelmoqda.