"Real" va "PSJ"ning sobiq hujumchisi Xese Rodriges faoliyatini "Sampdoriya"da davom ettiradi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, erkin agent hisoblangan 32 yoshli ispaniyalik futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va Italiya klubi bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolaydi.
Xesening avvalgi klubi Turkiyaning "Anqaraguju" jamoasi bo'lib, u 2022 yilning iyulidan buyon o'ynab, 16 o'yinda 5 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi. 12 yanvar kuni futbolchi jamoa bilan shartnomasini bekor qildi.