«Real», «Barselona» va «Yuventus» klublari Evropa superligasi g'oyasini qayta amalga oshirish uchun harakatlarni boshlashdi. Bu haqda musobaqa bosh direktori Bernd Rayxart xabar tarqatdi.
A22 kompaniyasi tarqatgan xabarga ko'ra, Evropaning 50dan ortiq klublari bilan olib borilgan muzokaralar oqibatida yangi loyiha yuzaga kelgan.
Superliganing yangi versiyasiga ko'ra, loyiha bir nechta divizionlardan iborat bo'ladi hamda jami 60 tadan 80 tagacha klub ishtirok etadi. Har bir jamoa bir mavsumda kamida 14ta o'yin o'tkazadi. Hozircha divizionlarda nechtadan klub ishtirok etishi aniq emas.
«Real», «Barselona» va «Yuventus» klublari Evropa superligasining yangi formatini hozircha sir saqlashmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2021 yilning aprel oyida Superligasi ilk marta e'lon qilinganidan keyin muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgandi. O'shanda «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal», «Tottenxem», «Barselona», «Real», «Atletiko», «Yuventus», «Inter» va «Milan» klublari musobaqa ta'sischilari sifatida e'tirof etilishgandi.