“Real” hujumchisi Vinisius Junior klublar o'rtasidagi Jahon Chempionati yarim finali doirasida kechgan “Al-Ahli”ga qarshi o'yinda (4:1) gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Bu braziliyalik futbolchi uchun “Real” safida barcha musobaqalar doirasidagi 50-gol bo'ldi. Bu ko'rsatkichni qayd etish uchun Vinisiusga 202 ta o'yin kerak bo'ldi.
Braziliyalik futbolchilar orasida faqat Roberto Karlos (68 ta gol) va Ronaldo (104) madridliklar safida Vinisiusdan ko'proq gol urgan.
22 yoshli futbolchi joriy mavsum “Real” safida barcha musobaqalar doirasida 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.