"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finalida "Al-Ahli" jamoasiga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi. Xususan, italiyalik mutaxassis hujumchi Vinisius Juniorning o'yini haqida gapirdi.
"Junior futbol o'ynashni juda yaxshi ko'radi. Vini ajoyib gol urdi. U so'nggi paytlarda ko'rsatayotgan o'yinini namoyish etdi. U ajoyib futbolchi ekanligini yana bir bor isbotladi", - dedi Anchelotti Marca nashriga.
"Qaymoqranglilar" misrlik raqibini 4:1 hisobida mag'lub etishdi. Klublar o'rtasidagi jahon chempionati final uchrashuvida Madrid grandi “Al-Hilol” bilan to'qnash keladi.