Hujumchi Karim Benzema 10 fevral, juma kuni to'liq mashg'ulotlarga qaytadi. Bu ma'lumotni «Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham tasdiqladi.
Avvalroq, Benzema «Valensiya»ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. U «Malorka» va «Al-Axli» bilan o'yinlarni o'tkazib yubordi.
Anchelottining so'zlariga ko'ra, Benzema allaqachon yaxshi formada. Militaoning qaytishiga kelsak, italiyalik aniq bashorat bera olmadi.