Madridning “Real” klubi APLdagi “Liverpul” va “Manchester Siti” jamoalarining holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, madridliklar ikkala ingliz klubining muammolari transfer siyosatiga ta'sir qilishini tushunishmoqda.
Agar ular Chempionlar ligasiga yo'llanma olsalar ham, Jud Bellingemni ko'ndirishlari qiyinroq bo'ladi. "Real" esa vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi.
Shuningdek, “qaymoqranglilar” hali ham hujumchi Erling Xoland nomzodini ko'rib chiqmoqdalar va FFP qoidalarini buzganliklari uchun “shaharlikdar”ga nisbatan jiddiy sanktsiyalar asosiy omilga aylanishi mumkin.