"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde kelajakda jamoa sardori bo'lishni orzu qiladi. Marca nashri xabariga ko'ra, yaqin yillarda urugvaylik futbolchi "qirollik klubi"ning yangi sardori bo'lmoqchi.
"Real Madrid" rahbariyati Valverdeni kelajakda asosiy o'yinchi sifatida ko'rmoqda, shu bois urugvaylik faxriylar ketganidan keyin qo'liga bog'ichni olishi mumkin. Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda Federiko Ispaniya chempionatida 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirib, o'z rekordini yangiladi.
Yangi yilda Valverde biroz muvaffaqiyatsiz o'yin namoyish etmoqda. Futbolchi hisobida so'nggi 10ta o'yinda birorta ham samarali harakat yo'q.