Xorvatiya terma jamoasi va «RB Leyptsig» himoyachisi Yoshko Gvardiol faoliyatini davom ettirishning ustuvor varianti xususida qaror qildi.
Todofichajes xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchi «Real Madrid» safiga qo'shilishni istamoqda. Futbolchiga «qaymoqranglilar» ham qiziqish bildirgan.
Transfermarkt ekspertlari Gvardiolning narxini 75 million evroga baholamoqda. Xorvatiyalikning «Leyptsig» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida himoyachi 17 ta o'yinda qatnashib, bitta sariq kartochka oldi.