"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos tez orada kelajagi haqida bir qarorga keladi.
33 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlash yoki "Real" bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirish o'rtasida tanlov qilyapti. Yaqinda "qaymoqranglilar"ning ustozi Karlo Anchelotti nemis yarim himoyachisining klub bilan muzokaralari qanday yakunlanishini bilmasligini aytdi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, vaziyat juda tez orada oydinlashadi - kelgusi haftalar futbolchining kelajakdagi taqdirini hal qilishda muhim bo'ladi.
Toni Kroosning "Real" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida nihoyasiga etadi. Joriy mavsumda u madridliklar safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.