Manbalarga ko'ra, Karlo Anchelotti «Real» bilan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozona olmasa, o'z ishini yo'qotish xavfi bor. Mavsum o'rtasida yangi murabbiy topish esa har qanday grand klubga oson emas, ammo ba'zi top mutaxassislar hozirda ishsiz va «Qirollik klubi» bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Keling, qanday variantlar borligini ko'rib chiqamiz:
Raul
Madrid afsonasi va klub akademiyasi murabbiyi 2018 yildan beri, hozirda «Kastilya»ni boshqaradi. Raul yaqinda «Real Madrid» uni yaqin kelajakda birinchi jamoa bosh murabbiyi sifatida ko'rib chiqadi degan umidda «Lids»ning taklifini rad etdi.
Zinedin Zidan
Frantsiya terma jamoasidan taklifni hozircha unutish kerak, shuning uchun Zidan uchinchi marta qadrdon jamoasiga bosh murabbiyi sifatida «Santyago Bernabeu»ga qaytishi mumkin.
Tomas Tuxel
«Chelsi» bilan 2021 yilgi Chempionlar ligasi g'olibini Madrid klubining ko'plab muxlislari iliq kutib olishga tayyor.
Maurisio Pochettino
Argentinalik mutaxassisning yo'llarini "Real" bilan ko'p marta bog'lashdi, ammo «PSJ»dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Florentino Peres u bilan ishlashga qiziqmayapti.
Marselo Galyardo
So'nggi bir necha yil ichida Janubiy Amerikadagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri. Galyardo yaxshi futbolni yaxshi natijalar bilan birlashtira oldi. U mavsum oxirida «River Pleyt»ni tark etdi va hozir Evropaga ko'chib o'tishga tayyor.
Siz Madridliklar boshqaruvida kimni ko'rishni xohlaysiz?