Yarim himoyachi Luka Modrichning "Real" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Madridliklar 37 yoshli yarim himoyachiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Shu bilan birga, "qaymoqranglilar" futbolchiga ultimatum qo'yishdi - Modrich shu yilning iyun oyida Millatlar ligasining final qismidan so'ng Xorvatiya termasidagi o'yinlarini yakunlashi kerak. Bu haqda Sportske novosti nashri xabar bermoqda.
Aftidan "Real" Luka Modrichning xalqaro miqyosda o'ynashini istamaydi.
Avvalroq matbuotda Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasida Evro-2024da o'ynashni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.