"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde o'yinidagi pasayishini tushuntirishga harakat qildi.
“Jahon chempionati menga yomon ta'sir qildi. Biz ishlagan hamma narsa befoyda bo'lib chiqdi", dedi Valverde.
Eslatib o'tamiz, tarkibida Federiko Valverde bo'lgan Urugvay terma jamoasi JCh-2022da guruhdan chiqa olmadi.
Federiko Valverde 2022/2023-yilgi mavsumda “Real” safida 31 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda urugvaylik futbolchi sakkizta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.