"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino "Real" himoyachisi Rafael Varanni qo'lga kiritish g'oyasidan voz kechdi.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi anchadan buyon "qizil iblislar" ustozining transfer maqsadlaridan biri edi.
Biroq, Varanning tez-tez jarohat olishi Mourinoning o'z fikridan qaytishiga sabab bo'ldi.