«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Selta»ga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Oxirigacha harakat qilishimiz kerak. «Selta»ga qarshi o'yin yaxshi o'tdi. Yaxshi o'yin namoyish qildik. "Malaga" esa o'z uyida juda kuchli futbol ko'rsatishini bilamiz. Shunga qaramay, biz so'nggi turda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Raqibimiz kuchli, ammo biz — «Real»miz. Biz eng yaxshi jamoamiz va chempion bo'lishni istaymiz.
Oltin dubl qayd etish imkoniyati? Hozircha faqat yakshanba kuni bo'ladigan o'yin haqida o'ylayapmiz. Evropa chempionlar ligasi finaliga tayyorlanish uchun etarlicha vaqtga ega bo'lamiz», — dedi Ronaldu.